So’nggi yangiliklar

11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0 07:18UFC Freedom 250. Майкл Чендлерни биринчи раунддаёқ нокаут қилишди 0 17:59Ян Облак "Атлетико”дан бошқа клубга ўтиши мумкин 0 17:30Улар муҳаббат шаҳрида + ФОТО 0 16:54Кэти Тэйлорнинг хайрлашув жангига чипталар 30 дақиқада сотиб бўлинди 0 16:26Тошкентда ўтган Octagon 87 турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:55Рафинья "Барселона" бўйича қарор қабул қилди 0 15:28Топурия Махачев билан жанг учун даҳшатли сумма сўраган экан 0

15 mar 23:43
Yangiliklar

Boks/MMA

WBC. Reytingdagi 7 nafar o'zbek bokschisi qanday o'rinda?

Teglar :  ReytingWBC
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) mart oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

WBC boshqa tashkilotlardan farqli ravishda kuchli 15 bokschini emas, 40 nafar charm qo'lqop ustasi reytingini elon qiladi. 

Kuni kecha elon qilingan reytingdan 7 nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan. 

Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,50 kg) faoliyatini davom ettirayotgan SHohjahon Ergashev WBC reytingida 30-pog'onadan joy olgan. Yana bir charm qo'lqop ustamiz Anvar Turopov esa 40-pog'onaga joylashgan. 

Yarimo'rta vazn toifasida janglarda ishtirok etadigan Qudratillo Abduqahhorov (-66,67 kg) sakkizinchi o'ringa joylashgan.

Birinchi o'rta vazn toifasida (-69,8 kg) WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan charm qo'lqop ustamiz Isroil Madrimov yangilagan reytingning 27-pog'onasidan joy olgan. 

Ikkinchi o'rta vazn toifasidagi Azizbek Abdug'ofurov (-76,2 kg) esa avvalgi oydagi kabi ikkinchi o'rinda qolgan. Eslatib o'tamiz, Azizbek ayni paytda WBC Silver kamari sohibi hisoblanadi. Mazkur vaznda shuningdek Bektemir Meliqo'ziev 38-pog'onaga joylashgan.

Superog'ir vazn toifasida mag'lubiyatsiz odimlayotgan charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov yangilangan WBC reytingida 39-pog'onani egallab turibdi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing