12 sen 09:08
Yangiliklar
WBC reytingi: 11 nafar bokschimizning o'rinlarida o'zgarish bormi?
Tashkilot boshqalardan farqli ravishda TOP-40 reytingni taqdim etadi.
Bokschilarimizning reytingi bilan tanishing:
Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov (+101, 6 kg) - 11-o'ringa ko'tarildi (avvalgi oy 13-o'rinda edi) (chempion Agit Kabayel);
Superog'ir vazn: Lazizbek Mullojonov (+101, 6 kg) - 22-o'ringa ko'tarildi (avvalgi oy 24-o'rinda edi) (chempion Agit Kabayel);
Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo'ziev - 5-o'ringa ko'tarildi (avvalgi oy 6-o'rinda edi) (chempion - Kristian Mbilli);
Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Nurislom Ismoilov 28-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 29-o'rinda edi) (chempion - Kristian Mbilli);
Birinchi o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov - 7-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 8-o'rin edi) (chempion - Sebastyan Fundora);
Birinchi o'rta vazn (69,8 kg): Mujibillo Tursunov - 29-o'ringa tushdi (o'tgan oy 27-o'rin edi) (chempion - Sebastyan Fundora);
Birinchi yarimo'rta vazn (63,5 kg): SHohjahon Ergashev - 32-o'ringa tushdi (o'tgan oy 31-o'rin edi) (chempion - Dalton Smit);
Birinchi yarimo'rta vazn (63,5 kg): Ruslan Abdullaev - 35-o'ringa tushdi (o'tgan oy 34-o'rin edi) (chempion - Dalton Smit);
Engil vazn (61,23 kg): Sirochbek Ismoilov - 16-o'rinda qoldi (chempion - Vilyam Zepeda);
Ikkinchi eng engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev 3-o'rinda qoldi (chempion - Naoya Inoue);
Ikkinchi eng engil vazn (55,3 kg): Muhammad SHexov - 10-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 11-o'rin edi) (chempion Naoya Inoue);
Fikrlar