16 jan 15:34
Yangiliklar
WBC reytingi yangilandi: Bahodir va SHahram ko'tarildi
Yarimengil vazn toifasidagi bokschimiz Otabek Xolmatov bu safar WBC reytingiga kiritilmadi. Bu katta ehtimol bilan uning boshqa yo'nalishda davogar ekanligiga bog'liq.
SHu tariqa, reytingda 8 nafar bokschimiz qoldi:
Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov 2 pog'ona yuqoriladi va 13-o'ringa joylashdi;
Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo'ziev 13-o'rin;
Superyarim o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 8-o'rin;
Yarimo'rta vazn (66,6 kg): SHahram G'iyosov 1 pog'ona ko'tarilib 14-o'rinni egallagan bo'lsa; Jahongir Rasulov 31-o'rinda qoldi;
Superengil vazn (63,5 kg): Botir Ahmedov 2 pog'ona pastlab 35-o'ringa joylashdi;
Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev 4-o'rin;
Birinchi o'ta engil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do'smatov 5-o'rin.
Fikrlar