18 fev 09:48
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC reytingi yangilandi. Undan 6 nafar bokschimiz o'rin olgan + POSTER
WBC fevral oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi.
Yangilangan reytingdan 6 nafar bokschimiz o'rin olgan:
Hasanboy Do'smatov (birinchi o'ta engil vazn - 48,8 kg) 14-o'ringa ko'tarilib oldi. O'tgan oydagi reytingda Hasanboy 16-pog'onada qayd etilgan edi.
Islombek Pirmanov (birinchi yarim engil vazn - 55,3 kg) o'tgan oydagi kabi 40-o'rinda;
SHohjahon Ergashev (super engil vazn - 63,5 kg) 21-o'rinni egallab turibdi;
Qudratillo Abduqahhorov (yarim o'rta vazn - 66,6 kg) uch pog'ona pastlab 21-o'rinda qayd etildi;
Isroil Madrimov (super yarimo'rta vazn - 69,8 kg) 11-o'rinni egalladi;
Azizbek Abdug'afurov (super o'rta vazn - 76,2 kg) 28-o'rin;
Bektemir Meliqo'ziev (super o'rta vazn - 76,2 kg) 40-o'rin.
Poster muallifi: Muxtasar Umarova
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar