So’nggi yangiliklar

11:43Махачев UFC'даги учинчи чемпионлик ҳақида: "Бунинг учун Ўзбекистонда қолиб бир ой ош ейишим керак" 0 11:12Бугун Акбар Жўраев Жаҳон чемпионатида медаль учун курашади 0 10:51Жезуш Роналдунинг Португалия терма жамоасидаги фаолиятини якунлаш қарорига муносабат билдирди 0 10:09Тошкентда самбо бўйича 50-жаҳон чемпионати бошланди 0 22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0

18 noy 14:56
Yangiliklar

Boks/MMA, Boks reytingi

WBC reytingi yangilandi: yana bir bokschimiz reytingni tark etdi, qolganlarda ko'tarilish + POSTER

Butunjahon Boks ittifoqi (WBC) yangilangan reytingni elon qildi.

Butunjahon Boks uyushmasi noyabr oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi. Oktyabr oyida Otabek Xolmatov reytingni tark etgan bo'lsa, noyabrda Olimjon Nazarov ushbu ro'yxatdan chiqib ketdi. 

Super engil vazn toifasidagi bokschimiz Botir Ahmedov reytingga O'zbekiston nomidan kiritildi. SHu tariqa, reytingda 11 nafar charm qo'lqop ustamiz qoldi.

Ularning joylashgan o'rinlari bilan tanishing:

Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov o'tgan oydagi o'rniga nisbatan 6 pog'ona yuqorilab, 17-o'ringa joylashdi;

Super o'rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug'ofurov 6 pog'ona ko'tarildi va 12-o'ringa joylashdi; Bektemir Meliqo'ziev esa 25-o'rinni band etdi, o'tgan oyda u 31-pog'onada edi;

Super yarim o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 8-o'rinda;

Yarim o'rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov o'tgan oydagidan 5 pog'ona yuqorilab 17-o'ringa joylashdi; SHahram G'iyosov 20-o'rin, G'iyosov o'tgan oyda 24-o'rinda edi;  Jamshidbek Najmitdinov esa 35-o'rindan 6 pog'ona yuqorilab, 29-o'rinni egalladi;

Super engil vazn (63,5 kg): SHohjahon Ergashev 13-o'rinda qayd etildi, bokschimiz o'tgan oyda 15-o'rinni band etib turgandi, Botir Ahmedov O'zbekiston nomidan qayd etildi va 25-o'ringa joyshtirildi;

Ikkichi yarim engil vazn (58,9kg): Elnur Abduraimov o'tgan oydagidan 2 pog'ona yuqorilab 38-o'rinda qayd etildi;

Birinchi o'ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do'smatovning o'tgan oydagidan 2 pog'ona pastlab, hozirda 13-o'rinni band etgan;

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing