21 may 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA
WBC Usik - Verxuven jangi g'olibiga maxsus kamar topshiradi + FOTO
Bokschi va kikbokschi o'rtasidagi jang 23 may kuni Misrning Giza shahrida bo'lib o'tadigan turnirning asosiy voqeasiga aylanadi.
Butunjahon boks kengashi (WBC) ukrainalik Aleksandr Usik va niderlandiyalik Riko Verxuven o'rtasidagi superog'ir vazn toifasidagi chempionlik jangi g'olibi uchun maxsus kamar tayyorladi.
Malumot uchun, Usik havaskor boksda 2012 yilgi London Olimpiadasi chempioni hisoblanadi. U 2013 yilda professional bokschi sifatida debyut qilgan. 2016 yilda yarim og'ir vaznda (90,7 kg gacha) jahon chempioni, 2018 yilda mutlaq chempion bo'ldi. 2024 yilda superog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, 2025 yilda esa ikki karra mutlaq chempionga aylandi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar