22 fev 11:10
Yangiliklar
WBO Alimxonulini doping uchun chetlatdi, ammo...
Bu haqda BoxingScene xabar bermoqda. Diskvalifikaciyani o'tash muddati 2025 yil 2 dekabrdan boshlab hisoblanadi. CHetlatishga qaramay, Alimxonuli tashkilot versiyasi bo'yicha chempionlik kamarini saqlab qoladi va diskvalifikaciya muddati tugagandan so'ng darhol kamar himoyasini o'tkazishga majbur bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Janibek doping-testdan o'ta olmagani, uning namunalarida meldoniy topilgani malum bo'lgandi. SHu sababli 7 dekabr kuni San-Antonio shahrida (AQSH) o'tkazilishi kerak bo'lgan o'rta vazn (72,6 kg gacha) toifasida kubalik Erislandi Lara bilan birlashtiruvchi chempionlik jangi bekor qilingandi.
Qozog'istonlik bokschining rekordida 17 ta g'alaba bo'lib, ulardan 11 tasi nokaut bilan yakunlangan, hali mag'lubiyatga uchramagan. Janibek professional ringdagi debyutini 2016 yil oktyabr oyida o'tkazgan.

Fikrlar