17 iyu 09:08
Yangiliklar
WBO Devin Xeyniga majburiy himoya jangini o'tkazishni buyurdi
U Keyshon Devis! Bu qarorni Butunjahon boks tashkiloti (WBO) Xeyni birinchi yarim o'rta vazn toifasi chempioni SHakur Stivenson bilan muzokaralar olib borayotgan bir paytda qabul qildi.
Agar Xeyni Devisga qarshi jangdan bosh tortsa, u o'tgan yilning noyabr oyida Brayan Norman Junior ustidan qozongan g'alabasi evaziga qo'lga kiritgan chempionlik unvonidan mahrum etiladi.
27 yoshli Devin Xeyni (32-0, 15 KO) 2022–2023 yillarda engil vazn toifasidagi barcha to'rtta asosiy chempionlik kamariga egalik qilgan. Keyinroq u yuqoriroq vazn toifasiga ko'tarilib, birinchi yarim o'rta vaznda WBC chempionlik unvonini qo'lga kiritdi. 2024 yil aprel oyida Xeyni Rayan Garsiyaga mag'lub bo'lgan edi. Biroq keyinchalik mazkur natija bekor qilindi, chunki Garsiya o'shanda doping-testdan o'ta olmagandi.
Fikrlar