22 noy 15:55
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO Entoni Joshua oldiga majburiy shart qo'ydi
IBF tashkiloti IBF, WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua hamda IBF kamariga rasmiy davogar Kubrat Pulev o'rtasidagi jangni tashkil qilishga shoshilmaydi.
Federaciyalar, yani IBF hamda WBO o'rtasidagi o'zaro kelishuvga ko'ra, Joshua hozir WBO chempionlik kamarini majburiy ravishda himoya qilishi shart. Britaniyalik bokschi o'zining 2019 yilning aprel oyiga mo'ljallangan jangida WBO kamariga rasmiy davogarga qarshi ringga chiqishi kerak.
Hozircha tashkilot bu bokschining ism-sharifini rasman elon qilgani yo'q. Lekin katta ehtimol bilan bu yana bir britaniyalik bokschi Dillian Uayt bo'lishi kerak. Aynan Uayt WBO reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. Uayt 22 dekabr kuni Derek CHisorga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar