23 may 12:04
Yangiliklar
WBO Lomachenkoga chempionlik uchun jang qilish imkonini beradi
WBO ijroiya qo'mitasi ukrainalik mashhur bokschiga chempionlik uchun jang o'tkazishga imkon bermoqchi. Lomachenko joriy yilning kuzida ringga qaytishni rejalashtirmoqda. Uning ehtimoliy raqibi sifatida birinchi engil vazn toifasida WBO va IBF chempioni Emanuel Navarrete aytilmoqda.
"Lomachenko qaytmoqda va agar u Navarrete bilan birinchi engil vazn toifasida jang qilishni istasa, ishonchim komilki, ijroiya qo'mitasi rasmiy so'rov olgan taqdirda, Olimpiya chempioni, bir necha vazn toifasida jahon chempioni, WBO superchempioni Vasiliyning xizmatlari asosida kamar uchun jangni bir ovozdan maqullaydi", - dedi Oliveri.
Eslatib o'tamiz, bokschining o'zi hali ringga qaytishi haqida hech qanday rasmiy izoh bermagan. Navarrete bilan jang haqidagi malumotlar esa insayderlarning xabarlariga asoslangan.

Fikrlar