02 jan 18:20
Yangiliklar
Boks/MMA
World Boxing erkak bokschilar uchun gender testini joriy qildi
World Boxing tashkiloti 2026 yil 1 yanvardan boshlab o'zi o'tkazadigan musobaqalarda ishtirok etadigan barcha bokschilar (ham erkaklar, ham ayollar) uchun gender testdan o'tishni majburiy qilib qo'ydi.
Ilgari bu talab faqat ayollar uchun amal qilgan - u 2025 yil 20 avgustdan kuchga kirgan va birinchi marta sentyabr oyida Liverpul (Buyuk Britaniya) shahrida bo'lib o'tgan jahon chempionatida qo'llanilgan. SHu sabab bilan, xususan, Franciya jamoasi musobaqaga qo'yilmadi, chunki francuzlar tahlil topshirgan laboratoriya uning natijalarini kerakli muddatda tayyorlashga ulgurmagandi.
Barcha bokschilar uchun gender testini joriy etish ularning xavfsizligi haqida qayg'urish va musobaqalarning barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni taminlash zarurati bilan izohlanadi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar