19 noy 11:24
Yangiliklar
World Boxing kubogi. Bugun 7 nafar bokschimiz final chiptasi uchun ringga ko'tariladi (Juftliklar)
Bu haqda O'zbekiston havaskor boks federaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bugun World Boxing kubogining so'nggi yarim final janglari bo'lib o'tadi. Kun davomida 7 nafar bokschimizning chiqishiga guvoh bo'lamiz.
Birinchi dastur janglari bizning vaqt bilan soat 13:30 da start oladi. Kechki dastur esa soat 17:30 ga to'g'ri kelmoqda.
Juftliklar bilan tanishing:
-50 kg: Asilbek Jalilov - Soushi Makino (Yaponiya) 14:30
-55 kg: Samandar Olimov - Rui Yamaguchi (Yaponiya) 15:00
-85 kg: Jasurbek Yo'ldoshev - Jugnoo (Hindiston) 15:30
-51 kg: Gulsevar G'anieva - Zaren Nixat (Hindiston) 17:45
-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Sachin (Hindiston) 18:15
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Hitesh (Hindiston) 18:30
-75 kg: Javohir Abdurahimov - Pavlo Illiusha (Ukraina) 19:00


Fikrlar