03 mar 13:24
Yangiliklar
Boks/MMA

WSB: Rossiya jamoasi “Indian Tigers”ni mag'lub etdi
Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi Butunjahon boks seriyasi (WSB) guruh bosqichidagi navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Rossiyalik bokschilar Qozon shahrida bo'lib o'tgan boks kechasida Hindistonning Indian Tigers jamoasini 4:1 hisobida mag'lub etdi. Ushbu uchrashuv S guruhi doirasida bo'lib o'tdi.
Muhammad SHexov (56 kg), Radmir Abdurahmonov (64 kg), Ramazan Saaduev (75 kg) va Anton Zaycev (-91 kg) o'z janglarini g'alaba bilan yakunlashdi. Dorjo Radnaev (46-49 kg) esa mag'lubiyatga uchradi.
Malumot uchun, Patriot Boxing Team jamoasi navbatdagi jangini 11 mart kuni Sankt-Peterburg shahrida Qozog'istonning Astana Arlans bokschilariga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar