16 dek 11:33
Yangiliklar
WTA 2025 yilning eng yaxshi tennischisini elon qildi
Tashkilot tomonidan 2025 yilning eng yaxshi tennischisi sifatida dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko etirof etildi. Belaruslik tennis malikasi ketma-ket ikkinchi marta yilning eng yaxshi tennischisi deb topildi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning to'rt karra chempioni, dunyoning amaldagi birinchi raqamli tennischisi Arina Sobolenko "Yilning eng yaxshi tennischisi" nominaciyasida WTA Player Awards mukofotiga sazovor bo'ldi.
Unga 2025 yilning eng yaxshi tennischisi nomi uchun kurashda polshalik Iga Svyontek, amerikalik Amanda Anisimova, Koko Goff va Medison Kiz, Qozog'iston vakilasi Elena Ribakina raqiblik qildi. G'olib xalqaro tennis ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan aniqlangan.
Malumot uchun, 2025 yilgi mavsumda Sobolenko US Open, Mayami va Madriddagi WTA 1000, Brisbendagi WTA 500 toifasiga kiruvchi turnirlarda g'olib bo'ldi. SHu bilan birga, Arina Avstraliya Ochiq chempionati, Rolan Garros va WTA Yakuniy turnirlari finaliga chiqdi.

Fikrlar