07 noy 09:47
Yangiliklar
WTA Finals. Arina Sobolenko guruh g'olibasi sifatida 1/2 finalga chiqdi
SHteffi Graf nomidagi guruhning uchinchi tur uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko WTA reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Koko Goffni ikki setda mag'lub etdi - 7/6(5), 6/2. Bu bilan belaruslik ikki tennischining o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini tiklab qo'ydi - 6:6.
Sakson to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 3, Goff 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar karrasiga Kokoda ko'proq bo'ldi - 6 ga 1. Breyklar bo'yicha g'olib tennischi ustunlikka ega bo'ldi - 5 ga 3. Uchchala uchrashuvda g'alaba qozongan Sobolenko guruh g'olibasi sifatida 1/2 finalga yo'l oldi. U qatoriga to'rtinchi bor WTA Finals 1/2 finalida o'ynaydi. Uning final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvdagi raqibasi amerikalik Amanda Anisimova bo'ladi.

Fikrlar