08 noy 10:33
Yangiliklar
Tennis
WTA Finals. Elena Ribakina birinchi finalchi!
Qozog'istonlik tennis malikasi Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida o'tkazilayotgan Yakuniy WTA turnirining ilk finalchisiga aylandi.
Dunyoning oltinchi raketkasi bo'lib turgan Ribakina 1/2 finalda WTA reytingida o'zidan bir pog'ona yuqorida borayotgan amerikalik Jessika Pegulani uch set natijasiga ko'ra irodali tarzda mag'lubiyatga uchratdi - 4/6, 6/4, 6/3. Elena bu g'alabasi bilan tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 3:3.
Ikki soatu etti daqiqa davom etgan bahsda Ribakina 15, Pegula esa 1 tagina eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar 5 ga 1 ko'rinishida Elena "foydasi"ga bo'ldi. Breyklar bo'yicha ham aynan g'olib tennischi ustunlik qildi - 5 ga 4. Ribakina faoliyatida ilk bor WTA Finals bosh sovrini uchun kortga chiqadi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar