06 noy 10:11
Yangiliklar
WTA Finals. Qozog'istonlik tennischi guruh g'olibi sifatida 1/2 finalga chiqdi
Dunyoning oltinchi raketkasi bo'lib turgan Elena Ribakina guruh bosqichining uchchala uchrashuvida ham g'alaba qozonib, pley-offga birinchi o'rin bilan yo'l oldi. Qozog'istonlik tennis malikasi WTA reytingida 10-o'rinni egallab turgan rossiyalik Ekaterina Aleksandrovani ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/4.
Bu bilan Elena tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini tiklab qo'ydi - 3:3. Bu Aleksandrova uchun ushbu turnirdagi ilk va shu bilan birga so'nggi uchrashuv bo'ldi. Boisi, u jarohat sabab safdan chiqqan amerikalik Medison Kizning o'rnini egallagandi.
Uchrashuv davomida Ribakina 7, Aleksandrova 6 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar rus tennischisida ko'proq bo'ldi - 3 ga 2. Breyklar bo'yicha esa tabiiyki, ustunlik g'oliba tomonida bo'ldi - 3 ga 1.

Fikrlar