16 dek 10:11
Yangiliklar
Xabib 2020 yilning muvaffaqiyatli sportchilar "Top-10"taligiga kirdi
Top-10 reytingiga nazar tashlasak, ushbu ro'yxatdan boks va aralash yakkakurash vakillarining uch nafari joy olganiga guvoh bo'lamiz. Reytingning ikkinchi pog'onasidan engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov joy olgan. Dog'istonlik engilmas chempion joriy yilda bitta jang o'tkazdi va unda Jastin Getjini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi.
Uchinchi o'rinni superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri egallab turibdi. Britaniyalik bokschi yakunlanib borayotgan yilning fevral oyida Deontey Uaylderni engib, WBC kamarini qo'lga kiritgandi. Top-10 reytingini engil vaznda mutlaq jahon chempioni Teofimo Lopes yakunlab bergan. U shu yil oktyabr oyida Vasiliy Lomachenkoni taslim etib, raqibining uchta chempionlik kamarini tortib olgan edi.
Reytingda birinchi o'rinni "Los-Anjeles Leykers" klubining afsonaviy basketbolchisi Lebron Jeyms band etgan.
Fikrlar