17 dek 09:13
Yangiliklar

Xabib: "Agar Oliveyra va Maxachev keyingi janglarda ham g'alaba qozonsa, ular 2022 yil oxirida o'zaro jang qilishadi"
"Bu juda qiziqarli jang. Agar ular keyingi janglarda ham g'alaba qozonsa, ular 2022 yil so'nggida o'zaro jang qiladilar. Bu juda ajoyib qarama-qarshilik, xuddi Toni Fegyuson - Xabib qarama-qarshiligi kabi.
U hozir g'alabali seriya qayd etyapti. Oliveyrada hozir ketma-ket 10 ta g'alaba bor. Agar Islam g'alaba qozonsa, unda ham g'alabali seriya soni 10 taga etadi, CHarlzda esa 11 ta bo'lishi mumkin. Bu nafaqat sportchilar, balki UFC uchun ham ajoyib jang bo'ladi.
Ularning g'alaba qozonishini va keyingi yil oxirida jang qilishini istayman. SHuningdek, Jastin Getji haqida ham unutmang. U juda yaxshi", - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Maxachev 27 fevral kuni Beniel Dariushga qarshi jang o'tkazadi.
Fikrlar