02 iyu 06:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib AQSH vizasidan ayrilib qolmaslik uchun Abxaziyaga borishni rad etdi
Sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov AQSH sankciyalari sabab Abxaziya o'lkasiga borishni xohlamadi.
Bu haqida Abxaziya yoshlar va sport uyushmasi xabar berdi.
"AQSH va Gruziya tomonining taqiqlari sabab, yani AQSHga kirish huquqi butunlay bekor bo'lishi xavfi borligi tufayli Xabib Nurmagomedovning 1 iyun - Bolalarini himoya qilish kuni munosabati bilan rejalashtirilgan tashrifi bekor qilindi.
Xabib Nurmagomedov Abxaziya xalqiga bayram munosabati bilan o'zining iliq tilaklarini bildirdi va kelajakda sharoiti yo'q yoshlarni sport bilan shug'ullanishida yordam berishini takidladi", - deyiladi tashkilotning rasmiy bayonotida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar