05 apr 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol
Xabib "Atletiko" - "Barselona" o'yiniga tashrif buyurdi va madridliklardan sovg'a oldi + FOTO
Rossiyalik 37 yoshli sobiq UFC chempioni, hozirda promoushenning SHon-shuhrat zali azosi Xabib Nurmagomedov kecha La Liga doirasida "Atletiko" va "Barselona" (1:2) o'rtasidagi o'yinga tashrif buyurdi.
Xabib madridliklarga uchrashuvga taklif uchun minnatdorlik bildirdi. O'z o'rnida "matraschilar" rahbariyati Nurmagomedovga 7-raqamli "Atletiko" futbolkasini sovg'a qildi.
"Atletiko" va "Barselona" o'rtasidagi o'yin Madriddagi "Sivitas Metropolitano" stadionida bo'lib o'tdi. Mezbonlar safida Juliano Simeone o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan bo'lsa, kataloniyaliklar Markus Reshford va Robert Levandovskining gollari evaziga muhim g'alabani tantana qilishdi.


Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar