03 dek 12:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib ayni paytda o'z vaznida eng katta raqobatni yuzaga keltiradigan jangchini aytdi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o'z divizionidagi Top-5 jangchilar orasidan eng raqobatbardoshini malum qildi.
Dog'istonlik jahon chempionining tan olishicha, hozir Dastin Pore chempionlik yo'lida eng katta raqobatchi bo'lib turibdi.
"Bu borada eng katta foizga Pore ega. O'ylashimcha, u hozir ko'tarilishda. Dastinnnig so'nggi janglari fikrimga isbot bo'la oladi. SHundan kelib chiqib, uning imkoniyatini boshqalardan yuqoriroq baholayman", — dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Dastin Pore yanvar oyida o'tkaziladigan UFC 257 turnirining markaziy jangida ikki vaznda sobiq jahon chempioni Konor Makgregorga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar