27 noy 08:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib bugungi jang oldidan jamoadoshlariga omad tiladi + FOTO
Bugun Abu-Dabida aralash qoidalar bo'yicha UAE 14 turniri bo'lib o'tadi.
Uning kardida rossiyalik jangchilar ham oktagonga ko'tarilishadi. Ular orasida engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning jamoadoshlari ham bor. Bugungi jang oldidan chempion ularga omad tiladi.
"Og'alar jangga tayyor! Movlid Xaybulaev, Islam Mamedov, Artur Zaynukov - sizlarga g'alaba yor bo'lsin", — deya Instagnam sahifasida surat va uning ostida izoh qoldirgan Nurmagomedov.
Malumot uchun, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan 30 yoshli Movlid Xaybulaev tojikistonlik Muin G'ofurovga, Islam Mamedov yana bir rossiyalik jangchi Martun Mejlumyan, Artur Zaynukov esa franciyalik Damian Lapilusga qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar