18 iyu 08:04
Yangiliklar

Xabib jang oldidan Islamga murojaat qildi + FOTO
Birozdan so'ng oqshomning markaziy jangida engil vazn toifasining kelajagi sifatida qaralayotgan rossiyalik Islam Maxachev braziliyalik Tiago Moyzesga qarshi oktagonga ko'tariladi. Bugun Islamning burchagida sekundant vazifasini bajaradigan Xabib Nurmagomedov UFC Vegas 31 doirasidagi jang oldidan Maxachevga murojaat qildi.
"Juda uzoq hamda og'ir yo'l bosib o'tildi. Men hatto buning naqadar murakkab ekanligini so'z bilan tariflab bera olmayman. Buni ushbu mashaqqatli yo'lda bizga hamroh bo'lganlargina biladi. Oktagonga chiqishimizga juda oz fursat qolmoqda. Yaratganning O'zi senga madadkor bo'lsin va yomon holatlardan asrasin", — deya "Instagram"dagi sahifasida surat va uning ostida xabar qoldirgan Xabib.
Fikrlar