So’nggi yangiliklar

21:07FIFA Series. Ўзбекистон Венесуэлани мағлуб этди 0 19:05Арман Царукян Чимаев — Стрикленд жангига тахмин билдирди 0 18:41"Реал"нинг ёзги биринчи трансфер мақсади аниқ 0 18:20Оғир атлетика бўйича 2026 йилги Ўзбекистон чемпионати ўтказилди 0 17:59Ўзбекистон яна бир истиқболли спортчини маҳаллийлаштирди 0 17:38Девин Хейни Роландо Ромерога Шаҳрам Ғиёсов билан жанг қилишни маслаҳат берди 0 17:15"Ливерпул"нинг янги мавсумдаги мураббийи маълум 0 16:52Арман Царукян вазнини ўзгартиришга тайёр 0 16:25Дана Уайт Адесаньянинг мағлубияти ҳақида гапирди 0 16:02"Ҳозирги Макгрегор Хабибни икки дақиқада мағлуб этади" - ММА жангчиси 0 15:39Сеговиа Теласко: "Ўзбекистонга қарши ўйин қийинроқ бўлиши аниқ" 0 15:18Топурия — Гэтжи жангида захира жангчиси ким бўлиши айтилди 0 14:55Қирғизистонлик мураббий Франция терма жамоаси бош мураббийига айланди 0 14:33Арман Царукян: "Одамлар мени ақлдан озган деб ўйлашади, лекин..." 0 14:12Ўзбекистоннинг ЖЧ-2026`даги гуруҳдоши ўртоқлик ўйинида Францияга ютқазди 0

16 iyu 07:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Xabib keksa yoshdagi muxlisining orzusini amalga oshirdi + FOTO

Kaliforniyalik 66 yoshli muxlis tug'ilgan kunida Xabib Nurmagomedov bilan suratga tushishni orzu qilgan va u kutganidan ham ko'prog'iga erishdi.

Las-Vegasdagi UFC ofisi yaqinida 40 daraja issiqda turgan keksa ayolni Islam Maxachev payqab qoldi, amerikalik ayol sevimli jangchisi bilan uchrashuv tashkil qilishni iltimos qildi.

"Men uni juda yaxshi ko'raman va u bilan shaxsan uchrashishni istayman", dedi ayol Maxachevga. "Agar chipta sotib olsam, shanba kuni sizning jangingizga kelaman. Men sizlarni, bu rus mafiyangizni yaxshi ko'raman. Sizlar menga ilhom berasizlar".

SHundan so'ng, ayolni UFC prezidenti Dana Uayt kutib oldi.

"Tanishganimdan xursandman. Xabib bilan uchrashuv tashkil qilaman. Men uning ish jadvalini bilib olaman va siz bilan bog'lanaman Ushbu dam olish kunlari nima qilasiz? Bizning janglarimizga kelishni xohlaysizmi?" - deya Xabib bilan uchrashtirishni vada berdi tashkilot rahbari keksa muxlisga.


Biroz vaqt o'tgach, tashkilotning asosiy matchmekeri Mik Maynard rossiyalik jangchi nafaqat keksa muxlis bilan uchrashganligini, balki uni o'z uyida qabul qilgani aks etgan fotosuratni joylashtirdi va UFC prezidenti Xabib Nurmagomedov va Facetime'dagi ayol bilan bog'lanib, shaxsan o'zi uning vadasi bajarilganligiga ishonch hosil qildi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing