06 avg 13:22
Yangiliklar

Xabib Makgregor haqida: "Faqatgina yovuz inson ota, farzandlar va din haqida shunday gapirishi mumkin"
"Faqatgina yovuz inson ota, farzandlar va din haqida shunday gapirishi mumkin. Normal inson hech qachon bunday demaydi. Menimcha, u bu tvitni yozayotganida juda mast bo'lgan. Ertasi kuni esa bu tvitni o'chirib tashlagan. "Jin ursin, nima qilib qo'ydim", - degan va tvitni o'chirgan.
Vaqt o'tgan sari insonning asl basharasi ochilib boraveradi. Sen dunyodagi eng kuchli jangchilardan biri bo'lsang va klubda keksa insonni do'pposlasang, bu ish sening asl yuzingni ko'rsatadi. Konorning oilasi ota-onasi bor. Nahotki ular biror marta "Nimalar qilyapsan?, -deb so'rashmasa", -deydi Xabib Nurmagomedov Mayk Taysonning Hotboxin' podkastida.
Eslatib o'tamiz, Xabibning "Yaxshilik har doim yovuzlik ustidan g'alaba qozonadi" degan gaplariga Konor "Demak ota - yovuzlik? Kovid esa - yaxshilikmi?", - deb javob bergandi.
Fikrlar