24 jan 15:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib MakGregorni urganida nimalarni his qilganini aytdi
Rossiyalik UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Konor MakGregorga qarshi jang davomida nimalarni his qilgani haqida gapirdi.
"Men uning yuziga zarba berib zavq olardim. Siz haqingizda ahmoqona gaplarni gapirgan odamni do'pposlash juda yoqimli. Men har bir zarbamdan zavq olardim. Men unga "Kel gaplashib olamiz" dedim. Ikkinchi yoki uchinchi raunddan so'ng u menga "Bu shunchasi biznes" deb aytdi. U meni hotirjamlikka berilishga majbur qilmoqchi bo'ldi. "Bu sparring emas - davom etamiz" dedim men. Balki u mening ingliz tilimni tushunmagandir", - dedi Xabib.
Havola :
Manba : 15 MOF
Fikrlar