22 noy 16:47
Yangiliklar
Xabib Maxachev Volkanovskini "tugatishini" aytdi
Engil vazn toifasida UFC sobiq chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedovning fikricha, Aleksandr Volkanovski UFC 284 musobaqasida Islam Maxachevga etarlicha xavf tug'dira olishiga shubha bildirmoqda.
"Men Islamga CHarlz Oliveyra bilan bo'lgan so'nggi jangidan oldin: "Volkanovski CHarlz Oliveyradan kuchliroq bo'ladi", - deb aytganman. Jangdan oldin aytganimning sababi, CHarlz vazn qila olmasa, u Volkanovski bilan jang qilar edi. Menimcha, u yaxshi tajribaga ega. Albatta, CHarlz va Volkanovski tajribasi bir xil.
Ularning ikkalasi ham katta tajribaga ega. Ammo agar siz IQ va katta ishtiyoq bilan kurashish haqida gapirsangiz, menimcha, Volkanovski Oliveyradan ko'ra yaxshiroq. Volkanovski Islam uchun CHarlz Oliveyradan ko'ra kuchliroq raqib bo'ladi. Lekin, baribir, biz bu odamni mag'lub etamiz", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Islam Maxachevning Aleks Volkanovskiga qarshi jangi 2023 yil 12 fevral kuni Avstraliyaning Pert shahrida bo'lib o'tishi kutilayotgan UFC 284 musobaqasi doirasida o'tkaziladi.
Fikrlar