31 may 14:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: "Meni hech qachon CHimaevdan hafa bo'lmaganman"
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Xamzat CHimaev bilan bo'lgan biroz kelishmovchilik haqida gapirdi.
"Meni hech qachon CHimaevdan hafa bo'lmaganman. Men bu insonni hech qachon ko'rmaganman. Biz bir necha bor telefonda gaplashganmiz holos. Bilasizmi, biror insondan nimadir kutsangizgina, keyinchalik undan hafa bo'lishingiz mumkin. Men esa Xamzatdan hech narsa kutmaganman. Fikr bildirish uning shaxsiy ishi. Xamzat bilan ko'rishib qolsam, uni yoniga bormasam ham kerak. Agarda sizni kimdir haqorat qilsa, unda borib vaziyatni aniqlashtirish kerak. Aks holda buning hojati yo'q", -dedi Xabib Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev agarda Xabib bilan jang qilsa, uni yanchib tashlashi haqida gapirgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar