01 dek 08:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: "Meyvezerga qarshi jang taklif qilishgandi. Pul borasida menda barchasi joyida"
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov faoliyatini tugatganiga qaramay, moliyaviy tomonlama muammo yo'qligi haqida gapirdi.
"Bir yil oldin menga Floyd Meyvezer bilan jangni taklif qilishgandi. Dana o'shanda Abdel-Azizdan: "Nima uchun Xabib mendan jang uchun qancha pul olishi haqida so'ramaydi?" deb so'ragan ekan. Menimcha, odamlar meni tushunishmaydi. Albatta pulni barcha yaxshi ko'radi, bular juda muhim. Ammo men uchun bu barcha narsa emas.
Menda pul bor. Pul tomonlama barchasi joyida. Yaratgan menga vaqt bersa, u pullarni ishlataman. Pul ishlash boshqa, ularni qanday ishlatish boshqa. Men faoliyatimni tugatdim, endi ishlangan pulni to'g'ri taqsimlash vazifasi oldimda turibdi. Sportni tugatdim, menda o'z hayotim bor. Qafas ortidagi hayot - bu ham sport, ammo boshqacha", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Havola :
Manba : ESPN MMA
Fikrlar