03 iyu 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov Bellator prezidenti bilan uchrashdi + FOTO
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Bellator promousheni prezidenti Skott Koker bilan uchrashdi.
Kokerning o'zi Tvitter sahifasiga Nurmagomedov, uning meneji Ali Abdel-Aziz hamda murabbiyi Xaver Mendes bilan birga tushgan suratini joylagan va surat ostida izoh ham qoldirgan.
"Xabib Nurmagomedov, Abdel-Aziz va Mendes bilan uchrashuvimiz ajoyib tarzda o'tdi", — deydi Koker.
Malumot uchun, Bellator ligasida Xabibning jiyani Usman Nurmagomedov ishtirok etadi. U ushbu promoushenda bitta jang o'tkazgan va ochkolar hisobidagi g'alabasini tantana qilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar