22 iyu 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov bo'lajak UFC yulduziga maslahat berdi
Engil vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan UFC jangchisi Movsar Evloevga maslahat berdi.
"Undan bir nechta yaxshi maslahatlar oldim. Eng muhimi, u vaqtni bekorga sarflamasligimni aytdi. Uzoq vaqt top jangchini kutib, jangsiz yurmasligim kerak ekanligini uqtirdi. Har bir raqib, men uchun qandaydir samara berishini takidladi", - dedi Movsar.
Eslatib o'tamiz, Movsar so'nggi bor 12 iyun kuni Xakim Davudga qarshi oktagonga ko'tarilgan va ochkolar hisobiga ko'ra raqibini mag'lub etishni uddalagandi. Aynan Hakim bir muddat avval yana bir dog'istonlik jangchi Zubayra Tuxugovni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar