05 iyu 13:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: Hali meni esga olishadi, biroq kech bo'lgan bo'ladi
UFC jangchisi Tagir Ulanbekov "Instagram"da liganing sobiq engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovning qanday yugurayotgani aks etgan videoni joylashtirdi.
Video hozirda Nurmagomedov va uning jamoasi jangchilari joylashgan San-Xose shahrida (Kaliforniya, AQSH) suratga olingan.
"Hali meni esga olishadi, biroq kech bo'lgan bo'ladi. Nimagaligini bilasanmi? CHunki tarix meni to'g'ri ekanligimni isbotlab qo'yadi. Endi esa menga xalal berma", - deya yugurishni davom ettirgan Xabib.
Eslatib o'tamiz, Xabib so'nggi bor o'tgan yilning oktyabr oyida Jastin Getjiga qarshi jang o'tkazgan va o'shanda raqibini ikkinchi raundda uxlatib qo'yishga erishgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar