19 may 07:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov jiyani Usmanning navbatdagi jang sanasini elon qildi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov faoliyatini Bellator promoushenida davom ettirayotgan jiyani Usmanning navbatdagi jang sanasini elon qildi.
"O'z huzur-halovating uchun mashg'ulot o'tkazish naqadar yoqimli. Ilgari vaqt bor edi, hozir esa lahzalar. Usman 30 iyul kuni AQSHda bo'lib o'tadigan navbatdagi jangiga to'liq tayyorgarlikni boshladi", - deb yozgan Xabib Instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Usman Nurmagomedov 3 aprel kuni Ankasvill (AQSH, Konnektikut shtati) shahrida bo'lib o'tgan Bellator 225`da debyut jangini Mayk Xemelga qarshi o'tkazib, hakamlarning bir ovozdan bergan qarori bilan g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar