24 noy 08:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedov Konorning sudda aybli deb topilishiga keskin munosabat bildirdi
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Konor Makgregorning Dublin sudida yutqazganini beetibor qoldirmadi.
Xabaringiz bor, Dublin sudi irlandiyalikni 2018 yildagi ishi uchun jinsiy zo'ravonlikda aybdor deb topib, 250 ming evro miqdoridagi jarimaga tortgandi. Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi 5 yil oldin ham Konorni bunday ishlardan uzoqroqda yurishga chaqirganini esladi.
"Zo'ravon, sen zo'rlovchisan. Sen o'z qilmishingga masul bo'lmagan munofiqsan. Haqiqat bir kunga senga tik boqadi. Adolat baribir qaror topadi. Ko'ramiz", - deya 2019 yildayoq yozgan gaplarini Konorga eslatgan Nurmagomedov.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar