14 jan 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov koronavirusga chalindi
Engil vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov koronavirusga chalindi.
Bu haqida One Championship matbuot xizmati malum qildi. Xabib bugun Saygid Izagaxmaev burchakida sekundantlik qilishi lozim edi. Hozircha MMA yulduzi mehmonxonada yakkalab qo'yilgan.
Eslatib o'tamiz, chempionning otasi, 57 yoshli Abdulmanap Nurmagomedov 2020 yil 25 aprel kuni Dog'istondagi shifoxonalardan biriga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgan edi. 3 may kuni sog'lig'i yomonlashgani sababli uni Moskvaga olib ketishdi. 3 iyul kuni CHecheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov Abdulmanap Nurmagomedovning o'limi haqida malum qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar