29 iyu 08:51
Yangiliklar

Xabib Nurmagomedov Makgregor - Pore jangi uchun taxmin bildirdi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov UFC'ning ikki vazn toifasida sobiq chempioni Konor Makgregor va engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik chempion Dastin Pore ishtirokidagi uchinchi jang uchun taxminlarini haqida gapirdi.
"Birinchi raund Konorga atalgan bo'ladi. Agar unday bo'lmasa, unda ikkinchi va undan keyingi raundni Porega beraman", - dedi Xabib Nurmagomedov UFC Russia YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Konor Makgregor va Dastin Pore o'rtasidagi uchinchi jang 10 iyuldan 11 iyulga o'tar kechasi o'tkaziladi. 2014 yil sentyabr oyida bo'lib o'tgan birinchi jangda irlandiyalik dastlabki raundda amerikalikni nokautga uchratgan edi. 2021 yil yanvar oyida tashkil etilgan revansh to'qnashuvida Dastin ikkinchi raundda Konorni nokautga uchratgan edi.
Fikrlar