23 avg 15:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedov: "Men hozir ham dunyoning istalgan jangchisini "urib" qo'yaman"
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning faoliyatini yakunlaganiga uch yildan oshdi.
Dog'istonlikning aytishicha, u hozirgi holatida ham dunyoning eng yaxshi jangchilarini mag'lubiyatga uchrata oladi.
"Qalbimning tubida men raqobatbardosh bo'lib qolaveraman. Hatto hozir ham dunyoning eng kuchli jangchilarini mag'lub eta olishimga ishonaman. Men hali qari emasman. Odamlar nima sababdan faoliyatimni yakunlaganimni esdan chiqarib qo'yishyapti. Otamdan ayrildim, uning ishtirokisiz jang qilishni istamadim. Aynan shu sababdan men faoliyatimni yakunlashga qaror qildim, yoshim ulg'ayib qolganidan emas. Qolaversa, onamning rozi rizoligi yo'lida ham men bu qiyin qarorni qabul qilganman", - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar