02 may 19:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov nechta jangdan so'ng faoliyatini tugatishi malum qilindi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov yana uchta jangdan so'ng faoliyatini yakunlaydi.
Bu haqida uning otasi Abdulmanap Nurmagomedov malum qildi.
«Uchta jangdan so'ng faoliyatini yakunlaydi. Agar Jorj Sent-Per bilan bo'ladigan jangni hisobga olsak, unda to'rt marta oktagonga ko'tarilishi mumkin. Xabib shunday qarorga keldi, biz unga qo'shilmasdan boshqa ilojimiz yo'q»,-dedi katta Nurmagomedov.
Malumot uchun, Xabib 2008 yildan beri MMAda faoliyat olib boradi. SHu davr mobaynida u 27 marta jang qilib, barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : TACC
Fikrlar