20 noy 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: Qo'ylar xarid qildim, qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanayapman
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov faoliyatini qayta tiklash haqida umuman o'ylmayapti.
"Yaqin besh yilda o'qishimga etibor qarataman. Magistraturadagi taxsil yakunlanmoqda. Diplom himoyasiga tayyorgarlik ko'rishim kerak. Qo'ylar sotib oldim. Qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanayapman. SHu sohada rivojlanishni istayman. Sigir va ho'kizlarim bor.
Qaerda foydam tegsa, o'sha joyda bo'lishni xohlayman. Insonlarga foyda keltirish uchun albatta katta siyosatchi bo'lish shart emas. To'g'ri, 40 yoshimgacha jang qilishim mumkin. Lekin bu asosiy maqsad bo'lmasligi kerak. Menda cho'qqiga chiqish niyati bo'lgan edi. Bu maqsadim ro'yobga chiqdi. Hozir menda qaytish va jang qilish istagi yo'q", — deya Xabibning so'zlarini keltirmoqda TASS.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar