01 jan 09:37
Yangiliklar
Xabib Nurmagomedov: "Tasodifan jangchiga aylandim"
"Men butun umrim davomida futbol tomosha qildim va bu sport turini juda yaxshi ko'raman - men uchun u hali ham birinchi raqamli. Bolaligimda doim futbolchi bo'lishni orzu qilardim, keyin esa tasodifan jangchi bo'lib qoldim. Bunaqasi bazan bo'lib turadi, tushunyapsizmi? Men qaerda tug'ilganman, qaerda o'sganman, otam murabbiy bo'lgan va men, albatta, "tasodifan" deb hazillashaman, lekin qalbimda doim futbol bo'lgan", - dedi engilmas rossiyalik jangchi Dubayda bo'lib o'tgan jahon sport sammitida ingliz futboli yulduzi Rio Ferdinand bilan suhbatda.
2020 yilda rossiyalik afsonaviy murabbiy Abdulmanap Nurmagomedov vafot etganidan so'ng, Xabib Nurmagomedov otasining ishini davom ettirdi. U jamoani boshqarib, do'sti va sparring sherigi Islam Maxachevni UFC`ning ikki divizionida chempionlikka, Usman Nurmagomedovni Bellator va PFL chempionligiga olib keldi.

Fikrlar