16 apr 17:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: "Topuriya Maxachevga qarshi jang qilishga loyiqligini isbotlashi kerak"
Sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Islam Maxachev hamda Iliya Topuriya o'rtasida o'tkazilishi mumkin bo'lgan jang haqida o'z fikrini bildirdi.
"Islam ikki marta 66 kg vazn chempioniga imkoniyat berdi va har ikkisida ham g'alaba qozondi. Endi tasavvur qiling: Topuriya to'g'ridan-to'g'ri titul uchun jang qiladi va Islam g'alaba qozonadi. Keyin Topuriya yana bir jang o'tkazib, yana yutqazadi. U 70 kg vaznda hech kim bo'lmagan — va Islam o'sha “hech kim”ni yutgan bo'ladi.
Islam shunday deydi: “U jang qilsin, haqiqiy davogar bo'lsin”. Bu to'g'ri. Bir marta, ikki marta, endi uchinchi marta 66 kg chempionini 70 kg vaznga olib chiqishyapti. Kechirasiz, lekin Islam ham o'z obro'siga ega", — dedi Xabib.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar