22 okt 11:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov UFC 321 turnirida sekundant sifatida ishtirok etadi
25 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida MMA bo'yicha UFC 321 musobaqasi o'tkaziladi.
Unda tashkilotning sobiq chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov o'z hamyurti Ikram Aliskerovga sekundant sifatida yordam beradi.
Aliskerov turnir doirasida koreyalik Jung Yong Parkga qarshi oktagonga ko'tariladi.
"Xabib mening burchakimda bo'ladi. Magomedrasul Gasanov esa yo'q. Magomedrasul murabbiy emas, u sparring sherigim", deya vaziyatga munosabat bildirgan Aliskerovning o'zi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar