14 iyu 10:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov yaqindagina Jorj Sen-Per bilan jangni rad qilganini aytdi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov yaqindagina Jorj Sen-Per bilan jang qilishga taklif tushganini bildirdi.
"Menga xabar jo'natishdi: "Salom, Jorj Sen-Per sen bilan jang qilmoqchi". Men esa javob berdim: "Men nima qila olaman?" Men faoliyatimni tugatganman. Jorj ham faoliyatini tugatgan. Mayli u qahramon bo'laqolsin. Sen Per 40 yoshda, nega u jang qilmoqchi, hayronman? Puli menimcha etarli.
Men rostan faoliyatimni tugatdim. 32 yoshdaman. 7-8 yil ichida shunday jang o'tkazish varianti balki yana bo'lib qolar. Sababi, MMA'da 38-39 yoshdagi bir qancha top jangchilar bor. Men yana oktagonda jang qilmagunimcha, odamlar shunday janglar haqida gapiraveradilar", -dedi Xabib Nurmagomedov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar