07 apr 09:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedovning raqibi yana o'zgardi
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov chempionlik kamari uchun boshqa sportchiga qarshi jang qiladi.
Eslatib o'tamiz, ertaga tongda Xabib Nurmagomedov UFC 223 turniri doirasida Maks Xolloueyga qarshi jang qilishi kerak edi. Ammo, shifokorlar Maksga vazn tashlash bilan bog'liq jarayonda yuzaga kelgan muammolar sabab jang qilishiga ruhsat berishmadi.
Endi Xabib Nurmagomedov AQSHlik boshqa bir sportchi El Yakvintaga qarshi jang o'tkazadi. Ushbu to'qnashuv ertaga tongda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar