30 noy 17:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Oliveyra-Pore jangiga taxmin bildirdi
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov Dastin Pore va CHarlz Oliveyra jangi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Dastinning murabbiyi Braun raqibning eng xavfli tomonlarini juda to'g'ri tushuntirib berdi. Men unga qo'shilaman. Dastin maksimal darajada raqibni masofada ushlashi lozim bo'ladi, chunki raqib haqiqiy pancher! Pore agar o'zining jangini qila olsa, g'alaba qozonadi. Menimcha 60-40 foiz hisobida Dastinning imkoniyatlari yuqoriroq. Bu meni shaxsiy fikrlarim. Bu gaplarim bilan CHarlz Oliveyrani past baholash niyatida emasman. U so'nggi o'nta jangida g'alaba qozongan va ularning sakkiztasini muddatdan avval yakunladi. Nima bo'lgan taqdirda ham bo'lajak bahs juda qiziq bo'ladi",-dedi Xabib.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar