30 noy 19:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib o'z ligasiga UFC sobiq yulduzlarini olib kelmoqchi
UFCning sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov o'ziga tegishli Eagle FC promousheni haqida gapirib o'tdi.
Uning so'zlariga ko'ra, promoushen 2022 yilda AQSHda turnir o'tkazadi.
"Dekabrda Moskvada katta turnir o'tkaziladi. Navbatdagi shou yanvar oyi oxirida Mayamida o'tkaziladi. Hozircha nomlarni aytmoqchi emasman, ammo bir necha yulduzlar bilan shartnoma tuzdik. 15 yanvar kuni Mayamida katta matbuot anjumani bo'lib o'tadi va o'shanba barchasini gapirib beraman.
2022 yil Eagle FC uchun muhim bo'ladi. Biz dunyo bo'ylab 15dan ortiq jangchi bilan shartnoma tuzamiz. Ular orasida yosh jangchilar, shuningdek UFC va "Bellator"ning sobiq jangchilari bor. Bir necha katta turnirlar o'tkazamiz", - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : ESPN MMA
Fikrlar