15 dek 08:05
Yangiliklar

Xabib Toni Fergyuson va Kodi Garbrendt bilan shartnoma imzolamoqchi
U UFC jangchilari Toni Fergyuson va Kodi Garbrendt bilan hozirgi promoushenlari kelishuvni bekor qilsa, shartnoma imzolashi mumkinmi degan savolga javob qaytardi.
"Hamma narsa bo'lishi mumkin - biz butun dunyo uchun ochiqmiz. Hozir biz Kevin Li bilan muzokara o'tkazyapmiz. Katta ehtimol u bilan yaqin kunlarda shartnoma imzolaymiz. SHu bois nima uchun yo'q? Toni ham, Kodi ham sobiq UFC chempionlari hisoblanadi", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, yakshanba tongida Kodi Garbrendt engil vazn toifasida muvaffaqiyatsiz debyut qildi va birinchi raunddayoq Kay Kara-Fransga texnik nokaut bilan yutqazib qo'ydi. Amerikalik so'nggi besh yilda UFC`da bor yo'g'i bitta g'alabaga erishdi - u Rafael Assunsaoni nokautga uchratdi.
Toni Fergyuson ham UFC ligasida omadsiz odimlamoqda. U ketma-ket uchta jangda mag'lubiyatga uchradi. Jastin Getjiga texnik nokaut, CHarlz Oliveyra va Beneil Dariushga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazdi.
Fikrlar