02 fev 16:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib va Konor jangi uchun 100 million to'lashga tayyorlar bor
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o'rtasidagi revansh jangiga 100 million dollar to'lash niyatidagi odamlar bor.
Bu haqida chempionning menejeri Ali Abdel-Aziz malum qildi.
“Revanshni tashkil qilish uchun moliyaviy tomonlar ham o'rganiladi. Saudiya Arabistonining bazi bir shayxlari bu jang uchun yuz million dollar to'lashga tayyor. SHuningdek, ular Xabib va Meyvezer jangi uchun ham shuncha pul berishmoqchi.
Agar bizda ikkita sportchidan birini tanlash imkoni bo'lsa, biz Floydni tanlaymiz. Lekin hozircha bu janglar haqida gapirmagan maqul, sababi bor etiborimiz Toni Fergyusonga qaratilgan”,-dedi Ali Abdel-Aziz.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar