31 may 10:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: "Vaznim? Ayollar va kurashchilardan vazn va yosh haqida so'rash odobsizlik"
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o'zining vazni haqidagi savolga javob berdi.
"Hozir vaznim qancha? Bu sizga nega kerak? Ayollar va kurashchilardan vazn va yosh haqida so'rash odobsizlik hisoblanishini bilasizmi? Kurashchilarni yoshini so'rash noto'g'ri, chunki u har doim ham mos kelavermaydi. Vaznni so'rash ham biroz noto'g'ri", - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov 2020 yilning oktyabr oyida faoliyatini engilmas jangchi sifatida yakunlagan edi. Uning MMA'dagi umumiy statistikasi 29-0 bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar